Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada O‘zbekistonning 47 nafar fuqarosi tinimsiz alkogol ichgani sabab ishdan haydalgan

Rossiyada O‘zbekistonning 47 nafar fuqarosi tinimsiz alkogol ichgani sabab ishdan haydalgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasining Perm shahridagi qurilish ob’ektlarida ishlash uchun kelgan bir guruh o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining va’da qilingan oylik maoshlari berilmayotgani, qishki maxsus kiyimlar bilan ta’minlanmagani haqida murojaati tarqaldi.

O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari o‘rtasida 2017 yil 5 apreldagi «Rossiya Federasiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy asosda qabul qilish va jalb etish to‘g‘risida»gi Bitim ijrosini ta’minlash, fuqarolarimizni xorijiy davlatlarda munosib ish o‘rinlariga jalb qilish maqsadida 2021 yilning 21 may kuni Rossiya Federasiyasining «RESURS+» MCHJ va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan.

Ushbu kelishuvga muvofiq, iyun-avgust oylarida Andijon (8), Namangan (4), Farg‘ona (351) va Qashqadaryo (47) viloyatlaridan 410 nafar fuqaro tashkillashtirilgan tartibda Perm o‘lkasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu fuqarolarning Rossiya Federasiyasiga borish bilan bog‘liq transport xarajatlari «Resurs+» korxonasi hisobidan qoplangan.

Biroq, ishlash uchun yuborilgan fuqarolarning 47 nafari mehnat shartnomasida belgilangan majburiyatlarini buzib, mehnat shartnomasi talablariga rioya etmagan. Xususan, spirtli ichimliklarni ish joyida iste’mol qilish kabi holatlar muntazam kuzatilganligi sababli, ushbu mehnat migrantlari bilan mehnat shartnomalari muddatdan oldin bekor qilinib, O‘zbekistonga qaytarilgan.

Fuqarolarning ishlagan davri uchun oylik ish haqi, ish beruvchi tomonidan qilingan xarajatlarni qaytarish masalalari Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va ish beruvchi korxona o‘rganib chiqmoqda.

Kiritildi: 19:13 23.09.2021. O'qildi: 2901 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!