Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak oshpazga hujum qildi. U qo‘lga olindi (VIDEO)

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak oshpazga hujum qildi. U qo‘lga olindi (VIDEO)

11 yanvar kuni, taxminan soat 22:50 da, o‘zbekistonlik 28 yoshli noqonuniy muhojir restoran oshpazini urib, uni talon-taroj qildi, deb yozadi "repost".

Manbaga ko‘ra, 36 yoshli erkak ishdan qaytayotganda o‘zbekistonlik unga hujum qilib, kaltaklagan. So‘ng oshpazning 40 ming rubl puli, shuningdek, uyali telefoni va nikoh uzugini o‘g‘irlab ketgan.

Yo‘lovchilardan biri kaltaklangan oshpazni ko‘rib qolgan va unga uyiga yetib borishiga yordam bergan, shuningdek tez yordam chaqirgan. Kasalxonada oshpazga ko‘plab bosh jarohatlari tashxisi qo‘yilgan va kasalxonaga yotqizilgan.

12 yanvar kuni polisiya jinoyatni sodir etishda gumon qilib, 28 yoshli O‘zbekiston fuqarosi X. M.ni hibsga oldi. Aniqlanishicha, u Rossiyada noqonuniy yurgan, ro‘yxatdan o‘tmagan. Erkak ilgari bir necha bor sudlangan.

Polisiya, bu o‘zbekistonlik erkakning Sankt-Peterburgda sodir etgan birinchi jinoyati emas deb hisoblamoqda. Endi u ishtirok etishi mumkin bo‘lgan barcha epizodlar tekshirilmoqda.

Kiritildi: 16:50 14.01.2021. O'qildi: 3731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!