Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamalishi mumkin. U og‘ir jinoyatda ayblanmoqda

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi umrbod qamalishi mumkin. U og‘ir jinoyatda ayblanmoqda

Rossiya Tergov qo‘mitasining Lipesk oblasti bo‘yicha boshqarmasi xabar qilishicha. Lipeskning Pravoberejniy okrugi bo‘yicha tergov bo‘limi O‘zbekistonning 46 yoshli fuqarosiga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha tergovni yakunladi.

Tergov ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil 23 sentyabr kuni kechqurun o‘zaro bazm vaqtida erkak 38 yoshli qo‘shnisi va uning 36 yoshli turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan.

U qotillikni o‘ta shafqatsizlik bilan amalga oshirgan, avvaliga tananing hamma joyiga pichoq bilan jarohat yetkazgan, so‘ng jasadlarni bo‘laklarga ajratgan va uy yoniga yashirgan.

Qarindoshlar izsiz g‘oyib bo‘lgan er-xotinni qidira boshlashgan, qo‘shni erkak esa huquq-tartibot idoralaridan yashirinib yurgan, keyinchalik u qidiruvga berilgan.

Tez orada qurbonlarning jasadlari topildi, jinoyat ishi bo‘yicha tergov boshlandi.

Ayblanuvchi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi, O‘zbekiston fuqarosi qamoqqa joylashtirilgan.

Tergov ko‘plab sud ekspertizalarini o‘tkazdi, hozirgi vaqtda jinoyatga oid barcha dalillar to‘plangan, ish sudga oshirilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Lipesk oblasti bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu modda bo‘yicha maksimal jazo - umrbod ozodlikdan mahrum etish.

Kiritildi: 15:47 19.07.2019. O'qildi: 2564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!