Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada o‘tgan sutkada 16 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi

Rossiyada o‘tgan sutkada 16 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalindi

Yakshanba kuni berilgan xabarlarga ko‘ra, 24 oktbyar kuni Rossiyada 16 710 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu bilan Rossiyada COVID-19 tashxisi qo‘yilganlarning umumiy soni 1 513 877 taga yetdi. Shanba kungi yangi holatlarning 4455 tasi poytaxt Moskvada qayd etilgandi.

Shuningdek, Rossiyada o‘tgan sutka davomida yana 229 kishi koronavirusdan vafot etgan. Ayni paytda qurbonlar jami bo‘lib 26 050 tani tashklil qilmoqda.

Bundan tashqari, Rossiyada koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 1 130 818 nafari hozirga qadar sog‘aygan.

«Rospotrebnadzor» ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus aniqlash bo‘yicha 56,7 milliondan ortiq laboratoriya tadqiqotlari, jumladan, so‘nggi 24 soat ichida 564 mingta test o‘tkazilgan.

Kiritildi: 17:08 25.10.2020. O'qildi: 1466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!