Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada o‘ta boy odamlar bir yilda ming kishiga kamaydi, endi ularning soni 8015 kishini tashkil qilmoqda

Rossiyada o‘ta boy odamlar bir yilda ming kishiga kamaydi, endi ularning soni 8015 kishini tashkil qilmoqda

Rossiyada bir yil ichida ultraxaynetlar (boyligi 30 million dollardan ko‘p bo‘lgan odamlar) soni ming kishiga qisqardi, endi ularning soni sakkiz mingdan sal ortiqroqni tashkil qilmoqda, deb yozadi Meduza. Bu haqda Knight Frank xalqaro konsalting kompaniyasining The Wealth Report 2021 hisoboti guvohlik bermoqda.

Rossiya ultraxaynetlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi (2020 yilda Rossiyada 8015 nafar o‘ta boy kishilar bo‘lgan). Undan oldinda Kanada (10 025), Italiya (10 441), Yaponiya (14 755), Fransiya (15 503), Buyuk Britaniya (16 370), Germaniya (28 396), Xitoy (70 426) bor. Birinchi o‘rinni esa AQSh (180 060) egallab turibdi.

O‘ta boy odamlar soni bo‘yicha yuqori o‘nlikdagi mamlakatlar orasida uchtasi 2020 yilda manfiy dinamikani qayd etdi. Ultraxaynetlar soni Rossiyada 11,1 foizga pasaygan bo‘lsa, ular Buyuk Britaniyada 0,7 foizga, Fransiyada 9,4 foizga kamaygan. Xitoyda esa o‘ta boy odamlar soni eng yuqori darajada o‘sgan (15,8 foizga).

Umuman olganda, butun dunyoda 2020 yilda kapitali 30 million dollardan ziyod bo‘lgan odamlar 2,4 foizga yoki 12 400 kishiga ko‘paygan. Ayni paytda butun sayyorada ultraxaynetlar soni 521 653 kishiga teng. Knight Frank tahlilchilari fikricha, yaqin besh yil ichida ular 27 foizga ko‘payib, 663 483 kishiga yetadi.

Ultraxaynetlar soni har yili 10-12 foizga o‘sib boradigan Avstralosiyo va Osiyoga qarama-qarshi o‘laroq, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi, shuningdek, Rossiya va MDHda mahalliy valyutalar kursining sezilarli zaiflashishi va pandemiyaning mahalliy iqtisodiyotga ahamiyatli ta’siri ortidan manfiy dinamika kuzatildi», — deya bu raqamlarni izohlab o‘tdi Knight Frank Russia boshqaruvchi sherigi Aleksey Novikov.

Avvalroq Rossiyaning «Nornikel» kon-metallurgiya kompaniyasi egalaridan biri Vladimir Potaninning boyligi 30 milliard dollarga yetgani, shu tarzda Potanin tarixda bunday katta boylikka ega bo‘lgan ilk rossiyalikka aylangani haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 20:56 24.02.2021. O'qildi: 1892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!