Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada ta’lim olgan o‘zbekistonliklarning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi

Rossiyada ta’lim olgan o‘zbekistonliklarning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi

Ma’lumki, hozirda Rossiya Federasiyasida 25 ming nafarga yaqin o‘zbekistonlik o‘g‘il-qiz ta’lim olmoqda va har yili ular soni o‘rtacha 7500 nafarga oshib bormoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA ma’lum qildi.

Bundan ikki oy muqaddam Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Rossiya FederasiyasiBosh ekspertiza markazi o‘rtasida muzokaralar olib borilib, o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Bunda O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasida nostrifikasiya jarayonlarida mavjud elektron ma’lumotlar bazalardan foydalanishga kelishib olindi. Bu esa, o‘z navbatida, mutaxassislar malakasini oshirish, seminarlar o‘tkazish va Rossiya Federasiyasida tahsil olishni xohlagan yoshlarga keng imkoniyatlar yaratadi.

Ushbu jarayonni yanada mustahkamlash maqsadida joriy yilning 19 fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.Toshkenboyev va Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Rossiyada tahsil olishni xohlayotgan yoshlarga imkoniyatlar yaratish hamda ushbu imkoniyatlarni ularga tushintirish, qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida mamlakatimiz yoshlari bilan joriy yilning 20 fevral kuni Poytaxt biznes markazida uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.

Shu o‘rinda, Rossiyada tahsil olishni xohlagan barcha yoshlarni 20 fevral kuni soat 10.00 da Poytaxt biznes markazi ga taklif qilinadi. Rossiya Federasiyasi Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati huzuridagi Bosh ekspertiza markazining bosh tahlilchisi Vera Skorobagatova va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Horijiy hujjatlarni tan olish va nostrifikasiyalash bo‘limi mutaxassislari yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Rossiya Federasiyasi Fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati mutaxassislari bilan birgalikda Rossiya Federasiyasi hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Ta’lim hujjatlarini, malakaviy va ilmiy darajalarni o‘zaro tan olish bo‘yicha hukumatlararo Bitim loyihasi ishlab chiqilib, ikki davlat Hukumatlariga taqdim qilingan. Ushbu bitimning imzolanishi ikki davlat o‘rtasida ta’lim hujjatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi, yoshlarni bilim olishlaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish (Rossiyada hujjatlarni nostrifikasiya qilish 45 kungacha vaqtni oladi) va ularning har yili taxminan 800 000 AQSh dollari miqdordagi mablag‘larini tejashni ta’minlaydi.

Ushbu muzokaralarning olib borilishi ikki davlat yoshlarining mobilligini rivojlantirishda, ularga ta’lim olishlari uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim hujjatlarini o‘zaro tan olish tizimini yanada soddalashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ta’lim muassasalarini akkreditasiyasi bo‘yicha tajriba almashilib, akkreditasiya jarayoniga ekspertlarni tanlab olish va jalb etishda Rossiya tajribasidan foydalanish, ikki mamlakat o‘rtasida ekspertlarni o‘zaro almashish orqali akkreditasiya jarayonlarini birgalikda o‘tkazish hamda qo‘shma akkreditasiyalangan oliy ta’lim muassasalari filiallari va qo‘shma dasturlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish amaliyotini yo‘lga qo‘yishda muhimdir.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 22:01 19.02.2019. O'qildi: 1558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!