Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada snyus iste’moli oqibatidagi birinchi o‘lim qayd etildi

Rossiyada snyus iste’moli oqibatidagi birinchi o‘lim qayd etildi

Chekishni tark etish holatlari tobora ko‘payib borayotgan ayni davrda nikotin moddasini iste’mol qilishning alternativ usullari ommalashmoqda. Ulardan biri – snyus, ya’ni saqich yoki shirinliklar shaklida ishlab chiqariladigan nikotin aralashma.

So‘nggi vaqtlarda saqich, konfet shaklidagi ushbu xavfli mahsulotlarni iste’mol qilish, ayniqsa bolalar orasida haqiqiy epidemiyaga aylandi. Uning iste’moli inson organizmida kuchli zaharlanishni keltirib chiqaradi.

Snyus iste’mol qiluvchilarda kasallikning ilk belgilari sifatida ko‘pincha milklar yemirilishi va stomatit kasalliklari kuzatiladi. Tishlar juda tez yemiriladi, shuningdek, og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanadi. Bunda ko‘pincha qizilo‘ngach va ichakda bezovtalik paydo bo‘ladi.

Rossiyada snyus iste’moli oqibatida bir kishi vafot etdi, deyiladi “RIA Novosti“ xabarida.

“Perviy kanal“ axborot dasturi tarqatgan xabarga ko‘ra, Rossiyaning Chelyabinsk viloyati tezkor qidiruv xizmati tomonidan 250 snyus mahsuloti aniqlangan. Namunalar laboratoriyaga tadqiqot uchun yuborilganda ularda juda ko‘p miqdordagi margimush moddasi borligi ma’lum bo‘lgan. Hozirda Rossiya hukumati tomonidan snyus savdosini to‘xtatishni qonuniy darajada hal etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 05:45 24.01.2020. O'qildi: 1856 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!