Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada ommaviy mushtlashuvlarda qatnashgan chet el fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuboriladi

Rossiyada ommaviy mushtlashuvlarda qatnashgan chet el fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuboriladi

Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda mamlakatda xorijiy davlatlar fuqarolari ishtirokidagi ommaviy mushtlashuv bilan bog‘liq holatlar ko‘paygan.

O‘zbekiston tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu mamlakatda bo‘lib turgan fuqarolarimizni ogohlikka chaqirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi hududida bo‘lib turgan, xususan, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy davlatlar fuqarolari o‘rtasida yoki ular ishtirokida ommaviy nizoli vaziyatlar soni oshgan. Amur, Moskva va Sverdlovsk viloyatlari, Dog‘iston Respublikasi, Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida ommaviy mushtlashuvlar yuz berib, ushbu hodisalar paytida odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdidlar paydo bo‘lgan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga qarshi kuch ishlatilgan va transport vositalari harakati to‘sib qo‘yilgan.

Ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etgan xorijiy davlat fuqarosiga qanday chora ko‘riladi?

Yuqoridagi ommaviy mushtlashuvlarda ishtiroki sabab hibsga olingan xorijiy davlat fuqarolari 15 kunga qamalgan va ularning Rossiya Federasiyasi hududiga kirishiga taqiq qo‘yilgan. Agar ushbu fuqarolar 15 kunlik jazo muddatini o‘tagach, mamlakat hududidan mustaqil ravishda chiqib ketmasa, ular majburan chiqarib yuboriladi.

Shuningdek, bu kabi huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etgan chet el fuqarolari Rossiya Federasiyasi qonunlariga asosan, boshqa ko‘rinishda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi ham mumkin.

So‘nggi yillarda chet elliklar orasida bo‘lib o‘tgan eng yirik ommaviy janjallardan biri joriy yilning 12 iyuldan 13 iyulga o‘tar kechasi Moskva shahridagi «Kuzminki» metro bekati yonida yuz bergan. Unda 200 nafarga yaqin fuqarolar qatnashgan, ulardan 45 nafari 15 kunga hibsga olingan. Vakolatli organlar tomonidan mojaroning 103 nafar ishtirokchisini deportasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ommaviy mushtlashuvda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.

Kiritildi: 13:12 02.08.2021. O'qildi: 1781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!