Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyada migrasiyaga doir yangi qonun 2024 yildan kuchga kiradi

Rossiyada migrasiyaga doir yangi qonun 2024 yildan kuchga kiradi

Rossiya Federasiyasida 2024 yilda migrasiya sohasiga doir yangi qonun kuchga kiradi. Bu haqida RIA Novostiga Migrasiya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Kirill Adzinov xabar qildi.
"Biz migrasiya sohasidagi qoidalarni tubdan o‘zgartiradigan katta qonun yozyapmiz. Bu chet el fuqarolarining kirishi, qolishi, ishlashi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarga ta’sir qiladi va hozirda amalda bo‘lgan bir qator hujjatlarni bekor qilishga olib keladi. Rejalarga ko‘ra, bu qonun 2024 yilda kuchga kirishi kerak ", - dedi Adzinov
Yangi qonunda quyidagi asosiy holatlar belgilangan bo‘ladi:
Rossiyaga kirishning asosiy ikkita turi: viza bilan va vizasiz; (hozirgi kunda xorijiy davtlar viza bilan kiradi, MDH fuqarolari - vizasiz kirish huquqiga ega)
chet elliklar uchun yagona hujjat joriy etiladi (biometrik ma’lumotlarga ega bo‘lgan elektron karta). Ushbu hujjat hozirda rasmiylashtirish talab etilayotgan barcha hujjatlar o‘rnini bosadi;
majburiy tibbiy sug‘urta doirasida migrantlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari o‘zgaradi (bugungi kunda ushbu sug‘urtadan faqat favqulodda va hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan holatlarda foydalanish mumkin);
Rossiyada migrasiya to‘g‘risidagi yangi qonun bir necha yildan buyon ishlab chiqilmoqda. 2021 yilning mart oyida Migrasiya bo‘limi boshlig‘i Valentina Kazakova Sputnik bilan bo‘lgan intervyuda 2021 yil oxiriga qadar yangi qonun hukumatga taqdim etilishini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 12:24 24.09.2021. O'qildi: 2652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!