Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rossiyada maxfiy ma’lumotlarni Xitoyga yetkazgan erkak sakkiz yilga koloniyaga hukm qilindi

Rossiyada maxfiy ma’lumotlarni Xitoyga yetkazgan erkak sakkiz yilga koloniyaga hukm qilindi

Rossiyaning Zabaykalye o‘lkasi sudi 52 yoshli rossiyalik Vladimir Vasilyevni davlatga xiyonat qilganlikda aybdor deb topib, sakkiz yilga qat’iy rejimdagi koloniyaga hukm qildi. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Nashrning huquq-tartibot organlaridagi manbalariga ko‘ra, mahkum davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni yig‘ish va Xitoy maxsus xizmatlariga yetkazish bilan shug‘ullangan. 2019 yil avgustidayoq qo‘lga olingan Vasilyev o‘z aybiga iqror bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, bu so‘nggi ikki oy ichida Rossiya sudlarida davlatga xiyonat haqidagi modda bo‘yicha chiqarilgan uchinchi hukmdir.

Davlatga xoinlik haqidagi ishlarga «maxfiy» belgisi qo‘yiladi, ularning tafsilotlari ma’lum qilinmaydi, sudda ko‘rib chiqish jarayoni esa yopiq tartibda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Rossiya prezidentining Ural okrugidagi vakili yordamchisi davlatga xiyonatda gumonlanib qo‘lga olingani xabar berilgandi. Shuningdek, Rossiya prezidenti Putin davlatga xiyonatda ayblangan ikki ayolni avf etgani ma’lum qilingan edi.

Davlatga xiyonat qilganlik uchun sudlanish holatlari O‘zbekistonda ham vaqti-vaqti bilan qayd etiladi. Xususan, Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda ayblangan o‘zbekistonlik siyosatshunos Rafik Sayfulin 2020 yil 25 may kuni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Rafik Sayfulin davlat sirlari va tahliliy materiallarni Rossiya tomoniga yetkazganlikda ayblangan.

2020 yil fevral oyida esa Mudofaa vazirligiga qarashli «Vatanparvar» gazetasining sobiq muxbiri Vladimir Kaloshin davlatga xiyonatda ayblanib, 12 yilga qamoq jazosiga hukm qilingandi. 2020 yilning yanvarida esa davlatga qarshi xiyonat bo‘yicha ayblangan TIVning sobiq xodimi Qodir Yusupovga sud hukmi e’lon qilingandi.

Kiritildi: 18:03 25.02.2021. O'qildi: 1365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!