Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada ayol erini o‘ldirib, jasadini turli joylarga ko‘mdi

Rossiyada ayol erini o‘ldirib, jasadini turli joylarga ko‘mdi

Volgogradning yo‘ldosh shahri Voljskiyda yosh ayol erini shafqatsizlarcha o‘ldirishda gumon qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 avgust kuni bir ayol eri bilan janjallashib, erini bir necha marta pichoq urib o‘ldirgan. Ertasi kuni u erining jasadini maydalab, bo‘laklarini shaharning turli joylariga yashirgan va keyin normal hayotga qaytgan. Ayol erining jasadi qoldiqlarini hayvonlar olib ketishi mumkinligidan xavotirda edi, chunki ularni chuqur ko‘mishga qodir emasdi. U hatto tashvishlarini tanishi bilan o‘rtoqlashdi.

Natijada, bir oy o‘tgach, gumonlanuvchi hibsga olingan. U aybini tan oldi va erining tana qismlarini qayerga ko‘mganligini aytib berdi. Shuningdek, uning guvohligidan ma’lum bo‘lishicha, qotillik paytida kvartirada uch va besh yoshli ikki bola bo‘lgan, ammo ayol bolalar bu qatliomni ko‘rmaganligini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 15:27 23.09.2020. O'qildi: 2847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!