Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada avtomobil savdosi kamaydi

Rossiyada avtomobil savdosi kamaydi

Hisobotda aytilishicha, Rossiyada yangi avtomobillar savdosi avgust oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 62,4 foizga kamayib, 41,6 ming donani tashkil etdi.

Mamlakatda yanvardan avgustgacha jami 410,5 ming dona avtomobil sotilgan, bu yillik hisobda 60,7 foizga kamdir. Bozor 83,5 foizga tushib ketgan may oyida pasayish cho‘qqisiga chiqdi. Avgust oyida ro‘yxatga kiritilgan deyarli barcha kompaniyalar savdosi pasayganini ko‘rsatdi.

Avgust oyida sotilgan avtomobillarning deyarli yarmi Lada’ga to‘g‘ri keldi. AvtoVAZ sotuvi atigi yetti foizga tushib, 18,1 ming donani tashkil qildi.

Rossiyada xorijiy avtomobillarning zaxiralari 3-6 oyga yetadi, ular tugayapti, dedi avvalroq avtomobil eksperti Igor Morjaretto. Shu bilan birga, u Xitoy boshqa ishlab chiqaruvchilarning o‘rnini faol ravishda almashtirayotganini ta’kidladi. Mart oyidan boshlab xorijiy kompaniyalarning ko‘plab yig‘ish zavodlari o‘z ishini to‘xtatdi, xorijiy avtomobillar deyarli yetkazib berilmadi.

Kiritildi: 20:08 07.09.2022. O'qildi: 4561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!