Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiyada 2 yoshli o‘zbek zaharlandi, ona jazolandi

Rossiyada 2 yoshli o‘zbek zaharlandi, ona jazolandi

2 dekabr kuni o‘zbekistonlik ikki yoshli bola ertalab soat 6 larda Sankt-Peterburgdagi shifoxonaga yetkazildi. Rossiya OAV xabarlariga ko‘ra, ona bolani e’tiborsiz qoldirgan va u pol yuvadigan vosita bilan zaharlangan.

Shifokorlar bolaga o‘tkir yallig‘lanish va qizilo‘ngachning kimyoviy kuyishi tashxisini qo‘yishdi. Uning ahvoli og‘ir.

Tekshiruv paytida chaqaloqning oilasi Rossiyaga O‘zbekistondan 6 noyabr kuni kelganligi aniqlandi. Sankt-Peterburgda ro‘yxatdan o‘tmagan. Bolaning onasiga nisbatan ota-ona majburiyatlarini bajarmaganlik to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma tuzildi. Ayol jarimaga tortiladi.

Kiritildi: 17:00 06.12.2019. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!