Ukrainaning Zaporojye viloyatida Rossiya hujumi natijasida 19 kishi yaralandi.
Bu haqda Zaporojye OVA rahbari Ivan Fedorov o‘zining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilgan.
"Rossiyaning Zaporojyega hujumi tufayli 19 kishi jarohatlangan. Shifokorlar jabrlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatmoqda", deb yozadi Fedorov.
"Avtovokzalga dushman zarba berganda yaqin joyda bo‘lgan odamlar olgan qo‘l-oyoqlari, boshi, qorin bo‘shlig‘idan jarohat olishdi" - deya qo‘shimcha qildi Fedorov.
Shuningdek, u yettita ko‘p qavatli uy va noturar joy binolariga zarar yetkazilgani haqida xabar bergan.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumiga javob berib, Rossiya Federasiyasidan hech qanday muddat yoki kutish ish bermasligini aytdi.
"Shuning uchun ham sanksiyalar, bosim kerak. Kuch kerak - birinchi navbatda AQShning kuchi, Yevropaning kuchi, xalqaro munosabatlarda tinchlik va osoyishtalikni istaydigan dunyoning barcha davlatlarining kuchi. Agar Rossiya urushni to‘xtatmoqchi bo‘lmasa, demak, uning iqtisodiyotini to‘xtatish kerak", — deya ta’kidladi u Telegram’dagi videomurojaatida.
Eslatib o‘tamiz, 10 avgust kuni kechqurun Rossiya kuchlari Zaporojye markaziy avtovokzaliga zarba bergan, hujum natijasida bino butunlay yaroqsiz holga kelgan.