Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya–Xitoy hamkorligi Yaponiyani xavotirga solmoqda

Rossiya–Xitoy hamkorligi Yaponiyani xavotirga solmoqda

Yaponiya mudofaa vaziri Shinjiro Koidzumining ma’lum qilishicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik hamkorlik Tokio uchun jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.

U NHK telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Uzoq Sharqdagi harbiy faolligi kuchayib borayotganini ta’kidlab, Yaponiya Xokkaydo orolida mustahkam mudofaa tizimini saqlab qolishi kerakligini aytdi.

Koidzumi Sapporodagi Quruqlikdagi o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari garnizoni va Chitoseda joylashgan aviabazaga tashrif buyurgan. U yerda favqulodda vaziyatlarda Yaponiya havo hududini buzuvchi samolyotlarga qarshi tezkor harakat qiladigan bo‘linmalar faoliyati bilan tanishgan.

Vazirning aytishicha, Rossiyaning Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomay orollaridagi harbiy faolligi ortib bormoqda. Moskva va Pekin o‘rtasidagi strategik yaqinlashuv ham Yaponiya uchun qo‘shimcha xavotir manbai bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, Koidzumi Xokkaydodagi Kamifurano bazasida uzoq masofali raketalar joylashtirilishi mumkinligini aytdi. Bu qurollar “qarshi hujum vositasi” sifatida ham qo‘llanishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur reja bo‘yicha turli muddatlar ko‘rib chiqilmoqda, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Kiritildi: 22:27 24.05.2026. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!