Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya vaksinasi: Ikkita arab davlati uni sinab ko‘rishga tayyor

Rossiya vaksinasi: Ikkita arab davlati uni sinab ko‘rishga tayyor

Rossiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya fondi korrnavirusdan himoyalanish bo‘yicha tayyorlangan va "Sputnik V" nomini olgan vaksinani Birlashgan Arab Amirliklari hamda Saudiya Arabistonida sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda fond rahbari Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.

«Rossiya vaksinasining uchinchi klinik faza tekshiruvi xorijiy davlatlarda ham o‘tkaziladi. Biz bu bo‘yicha BAA va Saudiya Arabistoni hamda yana bir qator davlatlar bilan kelishib qo‘ydik», - dedi Dmitriyev.

Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi 11 avgust kuni koronavirus infeksiyasidan profilaktika uchun ishlab chiqarilgan dunyodagi birinchi vaksinani ro‘yxatga oldi. Vaksinaning Rossiyadagi yagona ishlab chiqaruvchisi «Binnofarm» zavodi bo‘ladi.

Ayni paytda Rossiyaga 20 ta davlatdan 1 milliard doza miqdorida vaksina yetkazib berish bo‘yicha talab kelib tushgan.

Kiritildi: 08:51 12.08.2020. O'qildi: 3669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!