Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi “Agroekspress” noyabr oyida yo‘lga qo‘yiladi

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi “Agroekspress” noyabr oyida yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent va Moskva o‘rtasidagi agropoyezdlar noyabr oyida yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov uchrashuvi davomida ma’lum bo‘ldi.
“Agroekspress” loyihasi ikki mamlakatlar o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini refrijerator poyezdlarida muntazam tashishni nazarda tutadi.
Rossiya tomonining so‘zlariga ko‘ra, bojxona nazoratidan tez o‘tish jarayoni hamda maxsus temir yo‘l tariflari ishlab chiqilgan.
“O‘zbekistondan yangi uzilgan meva va sabzavotlarning birinchi pilot yetkazib berilishi shu yil noyabrida tashkil etilishiga umid qilyapmiz, dekabr oyida esa doimiy ravishda “Agroekspress” harakatlanishni boshlaydi”, - dedi Maksim Reshetnikov.
Rossiya O‘zbekistondan yetkazib beriladigan sifatli meva va sabzavotlar hisobiga o‘z ichki bozorini, ayniqsa, mavsumlar orasida ta’minlashga umid qilmoqda.
O‘z navbatida Rossiyadan O‘zbekistonga un, go‘sht va boshqa agrosanoat mahsulotlari keltiriladi.

Kiritildi: 12:32 27.09.2021. O'qildi: 1481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!