Rossiya Ukrainaga qarshi olib borayotgan urush davomida deyarli 1 million askaridan ayrilgan.
Bu haqda kecha Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lum qildi.
Xabarda keltirilishicha, yo‘qotilgan 1 million harbiydan tashqari so‘nggi bir sutka ichida Rossiya qo‘shinlari yana mingga yaqin askardan ayrilgan. Bundan tashqari, Ukraina harbiylariga ko‘ra, Rossiya yoz oylariga rejalashtirilayotgan yangi yirik hujumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, Ukraina Bosh shtabi keltirgan raqamlar umumiy yo‘qotishlar, ya’ni halok bo‘lganlar, yaralanganlar, bedarak yo‘qolganlar va asirga tushganlarni o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, Ukraina ham, Rossiya ham o‘z yo‘qotishlarini rasmiy ravishda ochiqlamaydi.