Bugun 17 oktyabr, 2019 yil, payshanba

КИР

Rossiya - Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida mojaro sodir bo‘ldi

Rossiya - Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida mojaro sodir bo‘ldi

O‘zbekistonning Olmaota shahridagi (Qozog‘iston) Bosh konsulxonasi mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga tayanib, 2019 yilning 11 iyul kuni Rossiya-Qozog‘iston chegarasida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida sodir bo‘lgan mojaro to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni tasdiqladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

G‘arbiy-Qozog‘iston viloyati Ichki ishlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mahalliy nizo oqibatida hech kim jabrlanmagan hamda Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organlariga hech qanday ariza kelib tushmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (Nur-Sulton shahri, Aqmo‘la, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52); Aktau shahridagi Bosh konsulxonaga (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17); Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291-11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

Kiritildi: 13:04 12.07.2019. O'qildi: 1694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!