Bugun 20 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Pasxa sulhini e’lon qilib, muzokaralarga ochiqligini ma’lum qildi

Rossiya Pasxa sulhini e’lon qilib, muzokaralarga ochiqligini ma’lum qildi

Rossiya Pasxa sulhini e’lon qilib, muzokaralarga ochiqligini ma’lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Nashrning fikricha, Rossiya prezidentining bu qadami Trampning "toqatsiz ma’muriyatiga" RF hali ham muzokaralar olib borishga tayyorligini ko‘rsatishi kerak.

"Putin vaqtinchalik sulh rejimi bilan ikki maqsadga erishishi mumkin: prezident Trampga Rossiya tinchlik sari qadam tashlayotganini ko‘rsatish va Zelenskiyni qiyin ahvolga solib qo‘yish. Ukraina unga rioya qilmasa, Tramp Ukrainani urushni to‘xtatish bo‘yicha qadamlarga qarshilik ko‘rsatishda ayblashi mumkin. Ukrainaning rejimga rioya qilishi yanayam xavfli — ko‘pchilik ukrainaliklar Rossiya mavjud tanaffusdan foydalanib, qo‘shinlarini qulay pozisiyalarga ko‘chirib qo‘yishidan xavotir bildirishmoqda", – deyiladi NYT maqolasida.

Kiritildi: 08:59 20.04.2025. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!