Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya mehnat migrantlari uchun ishchi vizasini joriy etishi mumkin

Rossiya mehnat migrantlari uchun ishchi vizasini joriy etishi mumkin

Yaqinda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev mamlakatning bir qator sub’ektlarida migrantlar orasida jinoyatchilik o‘sayotgani va bu holatlarning oldini olish maqsadida hududiy rahbarlar qo‘shimcha choralar ko‘rishi lozimligini ma’lum qilgan edi.

Shu munosabat bilan Superjob tadqiqotlar markazi mamlakat aholisi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi va unda ishtirok etganlarning qariyb 60 foizi mehnat migrantlari uchun ishchi vizalarini berish tartibini murakkablashtirish taklifini qo‘llab-quvvatlagan.

Medvedevning ta’kidlashicha, yangi qoidalarga ko‘ra, mehnat migranti ish beruvchi uning ish joyini tasdiqlagan taqdirda Rossiyaga kirishi mumkin bo‘ladi. Koronavirus pandemiyasi davrida mehnat migrantlarining 40 foizi ishsiz qolgan va bu Rossiyada jinoyatchilikning o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 15:20 14.08.2020. O'qildi: 2821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!