Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya Dumasi «Tolibon»ga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Rossiya Dumasi «Tolibon»ga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi

Rossiya Davlat dumasi 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Rossiyada terrorchi deb e’lon qilingan tashkilotlarning faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni to‘xtatish imkonini beruvchi tuzatishlarni birinchi o‘qishda qabul qildi.

Qonun loyihasini qabul qilish uchun 339 nafar deputat ovoz berdi, uch nafari qarshi chiqdi, bir nafari betaraf qoldi. Rossiyada terrorchi deb e’lon qilingan tashkilot faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bosh prokuror yoki uning o‘rinbosari da’vosi asosida sud qarori bilan bekor qilish taklif qilinmoqda.

Agar tuzatishlar qabul qilinsa, «Tolibon» harakati terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarib tashlanishi mumkin. So‘nggi yillarda Rossiya hukumati «Tolibon»ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish rejalashtirilayotganini bir necha bor, jumladan, harakat 2021 yilda Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan keyin aytgan. Tashqi ishlar vazirligi va Adliya vazirligi 2024 yil may oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga «Tolibon»ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish mumkinligini ma’lum qilgan.

Mazkur qonun loyihasi 26 noyabrda Davlat dumasiga kiritilgandi.

«Tolibon» harakati 2003 yil 14 fevralda Rossiya Oliy sudi tomonidan mamlakat hududida faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan.

Kiritildi: 19:02 11.12.2024. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!