Bugun 12 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya Davlat Dumasi "Tolibon"ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish imkonini beruvchi loyihani ma’qulladi

Rossiya Davlat Dumasi "Tolibon"ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish imkonini beruvchi loyihani ma’qulladi

Rossiya Davlat Dumasi mamlakatda terrorchi tashkilotlar sifatida tan olingan bir qator guruhlarning faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish imkonini beruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu qaror, ayniqsa, "Tolibon" harakatini (Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan) Rossiyadagi terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarish uchun imkoniyat yaratishi mumkin.

Loyihada, agar tashkilot o‘z faoliyatini terrorizmni targ‘ib qilish, jinoyat sodir etish yoki ekstremistik harakatlardan voz kechgan bo‘lsa, ularga nisbatan taqiqni vaqtincha bekor qilish mumkinligi nazarda tutilmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Qonun loyihasi, birinchi navbatda, siyosiy muloqot uchun huquqiy zamin yaratishni va xalqaro hamkorlikni yengillashtirishni ko‘zlaydi.

2003 yilda Rossiya Oliy sudi Tolibonni terrorchi tashkilot sifatida tan olib, uning faoliyatini taqiqlagan. 2021 yilda AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib, "Tolibon" hukumati qonuniylashdi. Shu paytdan boshlab, Rossiya Tolibon bilan aloqalarni tiklash masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

Prezident Vladimir Putin ham 2021 yil oktyabr oyida Tolibonni terrorchi ro‘yxatdan chiqarish uchun avvalo BMT Xavfsizlik Kengashining qarori zarurligini ta’kidlagan.

Oldingi qarorlarga ko‘ra, "Tolibon"ning terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarilishi Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi aloqalarni rasmiylashtirish imkoniyatini beradi, "Tolibon" bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlik yo‘llarini ochadi.

Kiritildi: 22:10 11.12.2024. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!