Bu haqda AFP axborot agentligi xabar berdi.
30 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya harbiy samolyotlari 2016 yildan beri ilk bor Aleppo shahrining ayrim qismlariga zarbalar berdi, deb xabar berdi Suriya inson huquqlari observatoriyasi.
«Al-Qoida» terrorchilik tarmog‘ining Suriya qanoti «Hayat Tahrir ash-Shom» guruhi va uning ittifoqdosh kuchlari «shaharning ko‘p qismini, hukumat markazlari va qamoqxonalarni» nazoratga oldi.
Suriyadagi qurolli mojaro oxirgi kunlarda yana kuchaydi. Suriyalik isyonchilar shu hafta Aleppoga katta hujum boshladi. Hukumat va isyonchi kuchlarga ko‘ra, bu hujum muxolifatning 2020 yildan beri hududni qaytarib olishdagi birinchi yirik muvaffaqiyati bo‘ldi.
2011 yildan 2016 yilgacha Suriyadagi fuqarolar urushida janglar markazi bo‘lgan Halab 2016 yil oxiridan buyon prezident Bashar al-Assad kuchlari nazoratida.
Rossiya Suriyadagi mojaroda Bashar al-Assad hukumatining asosiy ittifoqchilaridan biri sifatida muhim rol o‘ynaydi, Suriya armiyasiga harbiy yordam, jumladan, havo hujumlari, qurol-yarog‘ va harbiy mutaxassislarni yetkazib beradi.