Rossiya armiyasi Pokrovsk g‘arbida joylashgan kokslanadigan ko‘mir koniga yaqinlashmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ukraina Metallurglari assosiasiyasi rahbari Aleksandr Kalenkovning agentlikka ma’lum qilishicha, kon ustidan nazoratning yo‘qotilishi po‘lat ishlab chiqarishning qisqarishiga va Ukraina iqtisodiyoti uchun jiddiy yo‘qotishlarga olib keladi.