"Rossiya qo‘shinlari 12 mayga o‘tar kechasi Ukraina hududiga 108 ta zarba beruvchi dron va imitasion uchuvchisiz qurilmalar uchirdi", deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi.
Ukraina harbiylariga ko‘ra, havo mudofaasi kuchlari 55 ta zarba beruvchi dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, 30 ta imitasion dron esa xavfsiz tarzda zararsizlantirilgan.
Havo kuchlari qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, dron hujumlaridan Odessa, Nikolayev, Donesk va Jitomir viloyatlari zarar ko‘rgan.