Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Roppa-rosa 25 yil oldin Rossiyada dahshatli voqea sodir bo‘lgandi

Roppa-rosa 25 yil oldin Rossiyada dahshatli voqea sodir bo‘lgandi

1995 yil 28 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 0:14 da Saxalin orolining shimoli-sharqiy sohilida Rossiyadagi so‘nggi 100 yil ichida eng vayronkor zilzila yuz berdi. Zilzila markazida silkinish kuchi 8-10 ballni tashkil qildi.

17 soniya ichida tabiiy ofat shahar tipidagi Neftegorsk qishlog‘ini butunlay vayron qildi.

Neft sanoatiga ixtisoslashgan qishloq 1964 yilda tashkil etilgan. 30 yil ichida unda 17 ta besh qavatli va 80 xonadonli uylar, to‘rtta ikki qavatli g‘ishtli va katta blokli uylar, to‘rtta bolalar bog‘chasi, maktab va boshqa inshootlar qurilgan. Tabiiy ofat paytida Neftegorskda 3197 kishi yashagan.

Aholining zilziladan oldingi va keyingi hayoti ikkiga bo‘lindi.

Hammasi 17 soniya ichida qulab tushdi. Besh qavatli uylar vayron bo‘ldi. Neftegorsk mahalliy kasalxonasi xarobaga aylandi. 30 nafar shifokor va hamshiralar halok bo‘ldi. Neftegorsk-Oxa yo‘lidagi ko‘priklar vayron bo‘ldi, aloqa uzildi.

Vayronalar tahlil qilingach, Neftegorsk qayta tiklanmaydigan bo‘ldi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, fojia natijasida aholining yarmidan ko‘pi, 2040 kishi, jumladan, 268 nafar bola vafot etgan.

Kiritildi: 15:48 28.05.2020. O'qildi: 5655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!