Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Ronaldu: "Och edik, "Makdonalds"ga borib, yalinganmiz"

Ronaldu: "Och edik, "Makdonalds"ga borib, yalinganmiz"

"Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronaldu bolaligidagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

"11 yoki 12 yoshimda oilam pul borasida juda qiynalgan. Juda og‘ir damlar edi, men "Sporting" akademiyasida yashardim va uch oy deganda oilam bilan uchrashardim. Keyin biz stadion ro‘parasidagi "Makdonalds"ga borib, eshikni taqillatardik. Eshikni har doim Edna ismli ayol ochar, uning yonida ikkita qiz bo‘lardi. Biz yeyishga nimadir bormi, deb so‘rardik va u bizga yordam berardi. Men shu ayolni juda ko‘p izladim, haliyam izlayapman, ammo topolmayapman. Agar ana shu intervyuni o‘qisa, bilishini istaymanki, men uni Turin yoki Lissabonga birga kechki ovqatni tanovul qilishga taklif qilmoqchiman. Qarzimni uzishni istayman", dedi Ronaldu "The Sun" nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 16:40 18.09.2019. O'qildi: 3699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!