Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ronaldu Instagramda «Yuventus»dagidan ham ko‘proq daromad ko‘radi

Ronaldu Instagramda «Yuventus»dagidan ham ko‘proq daromad ko‘radi

Business Insider nashrining ma’lum qilishicha “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z instagram sahifasida reklamalardan ko‘radigan daromadi bo‘yicha xatto “keksa sinyora”ni ham ortda qoldiradi.   Aniqrog‘i, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu ijtimoiy tarmoqda yiliga 36,9 mln yevro, “Yuventus” esa 26,25 mln yevro daromad oladi.   Ta’kidlash kerakki, Ronalduning sahifasida ayni damda 186 mln obunachi bor. Bu borada u hozirda birinchi raqamli sportchisi hisoblanadi.   Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Manba: stadion.uz

Kiritildi: 21:17 19.10.2019. O'qildi: 1657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!