Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ronaldu: «Bu ko‘p yillik mehnatning e’tirofi»

Ronaldu: «Bu ko‘p yillik mehnatning e’tirofi»

Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugal Football Globes taqdirlash marosimida olgan "Prémio Prestígio" mukofoti haqida fikr bildirdi.

— Bu faoliyat uchun berilgan mukofot emas. Bu ko‘p yillik mehnat, fidoyilik va ambisiyaning e’tirofi. Men g‘alaba qozonishni yoqtiraman, yoshlarga yordam berishni yoqtiraman — ular ham menga o‘z darajamni saqlab turish va raqobatni davom ettirishga yordam berishadi. Yoshlar bilan bellashish menga kuch va ruh beradi. Menda hanuz bu ishga bo‘lgan ishq va havas bor, — deya Ronalduning so‘zlarini "A Bola" keltiradi.

Krishtianu Ronaldu — tarixdagi eng sovrindor futbolchilardan biri: u besh karra «Oltin to‘p» va Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni hamda ikki karra Millatlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, Ronaldu terma jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Kiritildi: 11:39 08.10.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!