Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Rezina” tuxumlar Qirg‘izistonga qayerdan olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi

“Rezina” tuxumlar Qirg‘izistonga qayerdan olib kelinganligi ma’lum bo‘ldi

Kuni kecha qizg‘in bahsga sabab bo‘lgan rezina tuxumlar O‘sh shahriga Issiqko‘l viloyatidan keltirilgan, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha davlat inspeksiya rahbari Kalisbek Jumakanovga tayanib.

Jumakanov jurnalistlarga Veterinariya va fitosanitariya bo‘yicha davlat inspeksiyasi xizmat tekshiruvini o‘tkazib, video qahramonini topganini ma’lum qildi.

Erkak tuxumlarni O‘shdagi Archa mini-bozorida xarid qilganini ma’lum qildi. Ushbu tuxumlar Issiqko‘l viloyatidan keltirilgani aniqlandi. Hammasi ekologik tabiiy, lekin shunga qaramasdan mahsulot tarkibini aniqlash maqsadida uni laboratoriyaga topshirdik , - dedi u.

Jumakanov tuxumlar boshqa davlatlardan keltirilganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi. Shuningdek, u Issiqko‘ldagi korxonada tekshiruv boshlanganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Internetda Qirg‘izistonda rezina tuxum paydo bo‘lganligi haqidagi xabar qizg‘in muhokama qilindi. Qirg‘iziston fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, pishirilgan tuxum sarig‘i rezina bo‘lib chiqadi. Uning fikriga ko‘ra, bu tuxumlar Xitoyda ishlab chiqarilgan. Sputnik Qirg‘iziston agentligi ushbu masala yuzasidan Qirg‘iziston parrandachilik uyushmasi raisi Rustam Osmonaliyevga murojaat qildi. Osmonaliyev uyushmaga bir necha marta kelib chiqishi noma’lum va sifati qoniqarsiz bo‘lgan tuxumlar O‘zbekiston hududidan kelayotganligi haqida xabar berilgani haqida ma’lum qiladi. Sputnik O‘zbekiston agentligi esa o‘z o‘rnida ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Veterinariya qo‘mitasiga murojaat qildi. Qo‘mitada bu ayblovlarni rad etishdi. O‘zbekistondan tuxum Afg‘oniston, Tojikiston va Eronga eksport qilinishi, shuningdek, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga faqat kombikorm, qurt va biogumus o‘g‘it eksport qilinishini ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: 09:26 20.02.2019. O'qildi: 2116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!