Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Reyslarini kutayotgan migrantlarni tunda Domodedovo aeroportidan haydab chiqarishdi

Reyslarini kutayotgan migrantlarni tunda Domodedovo aeroportidan haydab chiqarishdi

Reyslarini kutayotgan migrantlarni tunda Domodedovo aeroportidan ko‘chaga haydab chiqarishdi. Bu haqda jurnalist Galiya Ibragimova o‘zining Facebook´dagi sahifasida ma’lum qildi.

Jurnalistning yozishicha, tungi soat uchlarda migrantlardan biri Farrux qo‘ng‘iroq qilib, bo‘lib o‘tgan hodisa so‘zlab bergan.

“Bizni aeroportdan haydab chiqarishdi. Formali xodimlar kelib, necha kishi ekanligimizni so‘rab, hammani to‘plashni aytdi. Bugun tunda uchib ketishimizni va’da qilishdi. Biz hammani to‘pladik. 300ga yaqin kishi edi”, - deya tushuntirgan tojikistonlik migrant Farrux.

Ma’lum qilinishicha, migrantlardan 200 nafari Tojikiston fuqarolari, qolganlari boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlarining fuqarolaridir. Migrant tunda ko‘chada qolib ketishgani, ko‘chada biror joyga ketish uchun hattoki taksi yo‘qligini aytib yordam so‘ragan.

Rasmiy vakolatxonalar ushbu hodisa yuzasidan hozircha hech qanday izoh bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya aeroportlarida ko‘plab Markaziy Osiyo fuqarolari qolib ketgan. Bunga koronavirus tufayli mamlakat chegaralari yopiqligi va muntazam parvozlar bekor qilingani sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston xorijdagi fuqarolari vatanga qaytarish uchun qator charter reyslarni amalga oshirmoqda. Moskvaning Vnukovo aeroportida charter parvozini kutayotgan o‘zbekistonliklar bor. Vnukovo aeroporti rahbariyati tomonidan o‘zbekistonliklarning vaqtinchalik turishlari uchun “B” terminali ajratilgan, ushbu qism tibbiy punkt, hojatxona, issiq ovqat va mebel jihozlari bilan ta’minlangan. Elchixona tomonidan O‘zbekiston hukumati mablag‘i evaziga, ushbu yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, 3 mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan vaqtinchalik yashash joyi ham taklif qilingan.
 
Kiritildi: 15:40 31.03.2020. O'qildi: 3381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!