Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Respublikamiz bozorlarida quyidagi narx-navolar qayd etildi

Respublikamiz bozorlarida quyidagi narx-navolar qayd etildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi.

Mol go‘shti

32 000 so‘mdan – 43 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori va poytaxtimizdagi “Mirobod”, “Farhod”, “Chorsu”, “Yunusobod”, hamda “Qo‘yliq” bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kg. mol go‘shtining narxi 32 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti – 38 000 dan 44 000 so‘mgacha

Qo‘y go‘shti 

40 000 so‘mdan – 44 000 so‘mgacha

Eng arzon narx 1 kg. qo‘y go‘shti uchun Toshkentdagi “Mirobod”, “Farhod” va “Chorsu” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kg qo‘y go‘shtini 32 000 dan 39 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx bu haftada Jizzax shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kg. qo‘y go‘shti – 38 000 dan 44 000 so‘mgacha.

 

 

Tovuq go‘shti 

 

12 000 so‘mdan – 19 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori hamda Xorazm Urganch Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozori, hamda Toshkentdagi “Mirobod”, “Chorsu”, “Yunusobod” dehqon bozorlarida kuzatildi – 15 500 – 19 000 so‘m.

Guruch

4 000 so‘mdan – 16 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Samarqand shahri “Siyob” dehqon bozori va poytaxtdagi “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etilgan – 4 000 – 12 000 so‘m.

Eng qimmat narx Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatilgan – 8 000 – 16 000 so‘m.

O‘simlik yog‘i 

8 000 so‘mdan – 13 500 so‘mgacha

Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtimizning “Farhod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 000 so‘mdan – 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan 13 500 so‘mgacha.

Un 

1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha

Eng arzon narxdagi un Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 000 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.

1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Farg‘ona dehqon bozori va poytaxtimizning “Mirobod”, “Chorsu”, “Qo‘yliq” va “Farhod” bozorlarida qayd etildi — bu summa 1 750 so‘mni tashkil qilmoqda.

Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un poytaxtimizning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m.

1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Termiz shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.

Shakar 

4 500 so‘mdan – 5 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Sirdaryo viloyati Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 500 – 5 000 so‘m.

1 kg. shakar uchun eng qimmat narx yurtimiz bozorlarida 5 500 so‘mgacha kuzatildi.

Tuxum 

350 so‘mdan – 700 so‘mgacha

Respublikamiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxum uchun eng arzon narx Andijonning Yangi shahar dehqon bozori, Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning “Chorsu” dehqon bozorlarida kuzatildi 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.

1 dona tuxum uchun eng qimmat narx poytaxtimizning “Chorsu” dehqon bozorida qayd etildi — 350 - 700 so‘m.

Kartoshka 

1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozori, Andijon Yangi shahar dehqon bozori, Navoiy Markaziy dehqon bozori, Samarqand markaziy dehqon bozori, Farg‘ona Markaziy dehqon bozori poytaxtdagi “Farhod” va “Chorsu” dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 so‘mdan sotilmoqda.

1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Surxondaryo viloyati Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 2 500 – 3 500 so‘mgacha.

Pomidor 

800 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi –800 so‘mdan – 1 500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx esa Toshkentning “Chorsu” va “Farhod” dehqon bozorlarida qayd etildi – 6 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Xo‘jalik sovuni 

800 so‘mdan – 3500 so‘mgacha

Qiziq jihati, xo‘jalik sovuni bo‘yicha Respublikamizdagi eng arzon narx ham, eng qimmati ham Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan - 3 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.

Manba: uza.uz

Kiritildi: 21:15 22.07.2019. O'qildi: 1883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!