Hukumat qarori (446-son, 16.07.2025 y.) bilan “2025–2027 yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish” konsepsiyasi tasdiqlandi.
🔰 Konsepsiya respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.
📙 Konsepsiyaga ko‘ra, ichki nazorat tizimini rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
➖ nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish;
➖ xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
➖ nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish;
➖ axborot va kommunikasiya tizimini takomillashtirish;
➖ ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash.
📜 Ushbu ustuvor yo‘nalishlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirish lozim:
🔹 ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
🔹 ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish;
🔹 xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.