Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Respekt! Qozog‘iston go‘sht qimmatlashgani sababli qoramol eksportini taqiqladi

Respekt! Qozog‘iston go‘sht qimmatlashgani sababli qoramol eksportini taqiqladi

Qozog‘iston yirik va mayda shoxli qoramollarni mamlakatdan olib chiqishni taqiqladi.

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bayonotida aytilishicha, juda ko‘p miqdorda eksport tufayli go‘sht narxi asossiz ravishda ko‘tarildi.

Go‘shtni qayta ishlash korxonalariga go‘sht yetkazib berish kamaydi. Vazirlik qoramolni eksportini taqiqlash choralarni ko‘rishga majbur bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, 2019 yil Qozog‘istondan 156 ming bosh qoramol, shundan eng ko‘pi O‘zbekistonga 121,6 ming bosh yoki 78 foiz, Armaniston 14 foiz  eksport qilingan.

Shuningdek, 264 ming bosh qo‘y eksport qilingan va ularning yarmidan ko‘pi naslchilik uchun mo‘ljallangan. Kichik qoramollarning asosiy xaridorlari O‘zbekiston (200 ming bosh yoki 76%). Rossiya 21,5 ming (8,1%), Ozarbayjon - 18 ming (6,7%), Eron - 12 ming (4,5%) bosh sotib oldi.

2017-2021 yillar uchun Qozog‘iston agrosanoat majmuasini rivojlantirish davlat dasturida qayta ishlangan mahsulotlar eksportini 2,5 baravar oshirish ko‘zda tutilgan. Qishloq xo‘jaligi vazirligi chorva mollarini eksport qilishni taqiqlash bu natijaga erishishga imkon beradi deb hisolaydi.

 

Kiritildi: 13:26 20.01.2020. O'qildi: 2003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!