Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Rektorlar kontrakt qiymatini belgilash va to‘lovlarni amalga oshirish muddatini uzaytirish huquqini qo‘lga kiritadi

Rektorlar kontrakt qiymatini belgilash va to‘lovlarni amalga oshirish muddatini uzaytirish huquqini qo‘lga kiritadi

O‘zbekistonda 2019 yil 1 sentyabrga qadar oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish tartibi ishlab chiqiladi. Bu Prezidentning «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, zzini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalariga quyidagi huquqlar beriladi:

yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar va moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash;

iqtidorli, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan talabalarni moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, dasturiy ta’minotlar, zamonaviy axborot-kommunikasiya vositalari, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallari, kitoblar, jurnallar, o‘quv adabiyotlari xarid qilish va chop ettirish uchun mablag‘larni mustaqil sarflash;

oliy ta’lim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari ko‘rsatishning alohida turlari, jumladan, bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport ob’ektlaridan foydalanish, ularni tozalash, ta’mirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikasiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlar ko‘rsatishni ausorsing shartlarida tashkil etish.

Bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda:

oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini ochish;

oliy ta’lim muassasasini o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash.

To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori (mahalliy oliy ta’lim muassasasining filiali direktori) tomonidan uzaytiriladi.

Mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari, jumladan, qo‘shma fakultetlarda:

talabalarni qabul qilish tartibi, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash miqdorlari hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv asosida;

o‘qishga qabul qilish parametrlari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini tasdiqlash hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

Kiritildi: 11:41 12.07.2019. O'qildi: 1600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!