"Real" hujumchisi Rodrigo "Barselona"ga o‘tishga yaqin kelganini esladi.
- Menga sizni deyarli "Barselona"ga o‘tganingizni aytishgan edi. Bu qanday bo‘lganini tushuntirib bering?
- "Real" bilan shartnoma imzolashdan oldin "Barselona" bilan hammasini kelishib qo‘ygandim. Bu haqiqat. Ammo otam biz uchun kurashga "Real" qo‘shilganini, tanlash kerakligini aytdi. Men uchun bu oddiy tanlov edi. Men nimani xohlashimni, nimani orzu qilishimni bilardim. Hatto shubha ham qilmasdi. "Barselona" - buyuk klub, deb doim aytganman. Unga hurmat bilan qarayman. Ammo "Real" mening orzum edi, - dedi Rodrigo AS nashriga bergan intervyusida.
Rodrigo 2019 yilning yozida "Santos"dan "Real"ga o‘tgan edi.