Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" Xabi Alonsoga yozda boshqa xarid bo‘lmasligi haqida qat’iy qaror qilinganini tushuntirdi

"Real" Xabi Alonsoga yozda boshqa xarid bo‘lmasligi haqida qat’iy qaror qilinganini tushuntirdi

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar yana bir nechta yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Biroq, Madrid klubi murabbiyga bu yozda boshqa xaridlar bo‘lmasligini allaqachon ma’lum qilgan. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yozda "Real" tarkibiga Din Xyoysen, Alvaro Karreras, Franko Mastantuono va Trent Aleksandr-Arnold kelib qo‘shilgan edi.

"Real" dushanba kuni mavsumoldi tayyorgarligini boshladi. Xabi Alonso jamoasi navbatdagi rasmiy o‘yinini 19 avgust, seshanba kuni o‘tkazadi. Shu kuni "qaymoqranglilar" La Liga 1-turida "Osasuna"ni qabul qiladi.

Kiritildi: 23:35 05.08.2025. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!