Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

"Real" Vinisiusga 180 millionlik o‘rinbosar topdi

"Real" Vinisiusga 180 millionlik o‘rinbosar topdi

"Real" Vinisius ketgan taqdirda "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. Bu haqda TEAMtalk yozmoqda.

"Qaymoqranglilar" Vinisiusni shartnomani uzaytirishga ko‘ndirmoqchi, ammo futbolchi Xabi Alonso bilan bog‘liq muammolar tufayli bunga jur’at eta olmayapti. Ispan grandi uzoq vaqtdan beri Xolandga qiziqib keladi va uni Kilian Mbappe bilan birga sinab ko‘rishi mumkin. Qayd etilishicha, "shaharliklar" norvegiyalikning tez orada ketishidan xavotirda emas.

Erling Xoland APL joriy mavsumida "Manchester Siti" safida 12 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda hujumchi 14 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining narxini 180 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 10:12 28.11.2025. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!