Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Real» Vinisius ketsa, superto‘purarni olib keladi

«Real» Vinisius ketsa, superto‘purarni olib keladi

"Manchester Siti"ning norvegiyalik to‘purari Erling Xoland ispan superklubi qiziqishlari doirasida. Skandinaviyalik futbolchini Madridning "Real" klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Caught Offside xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" yulduz markaziy hujumchi vakillari bilan kelishuvga zamin yaratish uchun muzokaralarga kirishgan. "Qaymoqranglilar" Erlingni braziliyalik vinger Vinisius Juniorning sotuvidan tushgan mablag‘ evaziga sotib olishi mumkin. Saudiya klublaridan biri futbolchi uchun taxminan 250 million yevro berishga tayyor.

Norvegiyalikning ingliz top-klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2034 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning narxi 180 mln yevroni tashkil etadi.

«Real» Vinisius ketsa, superto‘purarni olib keladi

Kiritildi: 17:08 12.10.2025. O'qildi: 1018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!