"Arsenal" Chempionlar Ligasi 1/4 final javob bahsida "Real"ni mag‘lub etdi - 2:1. Uchrashuv Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Angliya jamoasi hujumchisi Bukayo Sakaning 65-daqiqadagi goliga 67-daqiqada Ispaniya klubi forvardi Vinisius Junior aniq zarba bilan javob qaytardi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urgan Gabriel Martinelli o‘yinga nuqta qo‘ydi.
O‘yinning 13-daqiqasida madridliklar darvozasiga penalti belgilandi, Saka uni golga aylantira olmadi.
"Arsenal" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (5:1) Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdi va "PSJ"ga qarshi bahs olib boradi. "Real" turnirni tark etdi.