Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" skautlari Angliyaga serqatnov bo‘lib qolishdi. Nega?

"Real" skautlari Angliyaga serqatnov bo‘lib qolishdi. Nega?

"Kristal Pelas" xavbeki Adam Uorton hamon "Real"ning e’tiborida bo‘lib turibdi.

"Qaymoqranglilar"ning ingliz futbolchisiga qiziqishi haqidagi ma’lumotlar o‘tgan mavsumdayoq paydo bo‘lgandi. Mail Sport xabariga ko‘ra, ispan grandi vakillari yarim himoyachining o‘sishini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Madridliklar skautlari 21 yoshli "burgutlar" futbolchisining o‘yinini tomosha qilish uchun bir necha bor Angliyaga kelishgan - u klubning transferlar ro‘yxatida bor.

Adam Uortonning transfermarkt’dagi narxi 45 mln yevroga baholanmoqda. Futbolchining "Kristal Pelas" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:36 13.08.2025. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!