Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real"ning qimmatbaho futbolchisi Angliya grandi safiga o‘tib ketishi mumkin

"Real"ning qimmatbaho futbolchisi Angliya grandi safiga o‘tib ketishi mumkin

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda.

"Qizillar" fransiyalik futbolchini kelasi yilning yozida o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. TBR Football xabariga ko‘ra, ingliz grandi "qaymoqranglilar"ning 22 yoshli xavbekidan tashqari Adam Uorton ("Kristal Pelas") va Karlos Baleba ("Brayton") ham jamoa short-listiga kiritgan.

Eduardu Kamavinganing nufuzli Transfermarkt portalidagi narxi - 50 mln yevro. Futbolchining "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kamavinga joriy mavsum Xabi Alonso jamoasi safida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Kiritildi: 09:04 12.10.2025. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!