Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

"Real Madrid" uchun maxsus: Adidas 2023 yilda retro-libos chiqaradi

"Real Madrid" uchun maxsus: Adidas 2023 yilda retro-libos chiqaradi

2023 yilning boshida Adidas "Real Madrid" uchun maxsus retro-libos chiqaradi.

Futbolchilar bu libosni rasmiy o‘yinlarda kiyishmaydi, ammo mashg‘ulot paytida retro libosdagi "qaymoqranglilar"ni ko‘rishimiz mumkin.

Adidas tomonidan chiqarilayotgan "Real"ning qayta ishlangan futbolkasi dizayni 90-yillar, xususan, afsonaviy EQT chiziqlaridan ilhomlanib yaratilgan. Mualliflar 1998 yildan 2000 yilgacha "Real Madrid" futbolchilari kiygan ramziy formani qayta yaratishga harakat qilishgan. Dizaynda 1998-2000 yillardagi "Real Madrid" libosining ranglari ishlatilgan, o‘shanda Adidas ilk marta "qaymoqranglar" uchun forma yaratgan.

Yangi libosning asosiy rangi oq bo‘lib, yon tomonlarida to‘q ko‘k va sariq rangli chiziqlar, yengi va yoqasida to‘q ko‘k rangli bezaklar mavjud. Markazda "Real Madrid" va Adidas logotiplari tasvirlangan. Shu tariqa dizaynerlar Adidas "qaymoqli" uchun forma chiqara olmagan afsonaviy EQT davriga hurmat bajo keltirishdi. Yangi libosni quyida tomosha qilishingiz mumkin:

"Real Madrid" uchun maxsus: Adidas 2023 yilda retro-libos chiqaradi"Real Madrid" uchun maxsus: Adidas 2023 yilda retro-libos chiqaradi

"Real Madrid" uchun maxsus: Adidas 2023 yilda retro-libos chiqaradi

"Real Madrid" uchun maxsus: Adidas 2023 yilda retro-libos chiqaradi

Eslatib o‘tamiz, "Real Madrid"ning qayta ishlangan maxsus libosi 2022 yilning dekabridan 2023 yilning yanvarigacha bo‘lgan muddatda sotuvga chiqariladi.

Kiritildi: 22:53 27.06.2022. O'qildi: 3550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!