Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Rasul Kusherbayevni o‘ldirib ketishdimi?

Rasul Kusherbayevni o‘ldirib ketishdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda deputat Rasul Kusherbayevni o‘ldirib ketishgani haqida xabarlar tarqaldi. Deputat ushbu xabarni rad etdi.

"Bo‘layotgan havotirli qo‘ng‘iroqlarni inobatga olib, men bilan hammasi joyida ekanligi va hech kim jonimga qasd qilmaganligini ma’lum qilmoqchiman. 

Umid qilamanki, bundan keyin ham hech kim bunday qilmaydi. 

Fursatdan foydalanib, asossiz havotirlarning oldini olish maqsadida barcha blogerlardan axborot tayyorlash va tarqatishda axborotning mazmuni, matni va tasvirlari bir biriga mos bo‘lishiga e’tibor qaratishlarini so‘rab qolardim. 

Noqulaylik va havotirlar uchun uzr so‘rayman!", deb yozdi deputat telegramdagi sahifasida.

Kiritildi: 17:52 27.10.2020. O'qildi: 24754 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!