Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rasul Kusherbayev: Yo‘ldosheva ishi — bizga ham jiddiy signal (VIDEO)

Rasul Kusherbayev: Yo‘ldosheva ishi — bizga ham jiddiy signal (VIDEO)

Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaning hibsga olinishi juda jiddiy signal, deb hisoblaydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat Rasul Kusherbayev. U shu masala boshqalar uchun xulosa chiqarib oladigan ish bo‘lganini ta’kidladi.

5 oktyabr kuni Kun.uz'ga intervyu bergan Rasul Kusherbayev suhbat davomida shifokor Guljahon Yo‘ldosheva masalasiga munosabat bildirdi.

«Tergov jarayonlariga chetdan baho bergan holda, shuni aytishim mumkinki, uni ayol kishi ekanligini hisobga olib, sudgacha bo‘lgan vaqtda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llashni keragi yo‘q edi. (Suhbat uyushtirilgan paytda shifokor hali hibsxonada bo‘lgan, unga nisbatan ehtiyot chorasi 6 oktyabr kuni uy qamog‘iga o‘tkazildi - tahr.) Bolalari voyaga yetmagan ekan qanday qilib bolalarini tashlab suddan qochishga urinishi mumkin. Bu bizdagi tergov jarayonlarini insonparvar emas, balki ko‘proq zulmkor ekanligini isboti bo‘lsa kerak. Agar qiynalsa, yanada ko‘proq narsalarni bo‘yniga oladi, deb o‘ylashsa kerak. Bunday vaziyatlarga o‘zim ham guvoh bo‘lganman», — deydi u. 

Koronavirusga chalingan bemor o‘limi va 250 million so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanib qamoqqa olingan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva 6 oktyabr kuni hibsxonadan ozod etildi, unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi sud ajrimi bilan uy qamog‘iga almashtirildi.

Yo‘ldoshevaning yaqinlariga ko‘ra, sud ajrimida unga tergov yakuniga qadar OAVga intervyu berishi mumkin emasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Kiritildi: 16:56 07.10.2020. O'qildi: 3029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!