Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rasul Kusherbayev: "Bizdan "dushman" yasamang, o‘zi nimalar qilib qo‘ydingiz?"

Rasul Kusherbayev: "Bizdan "dushman" yasamang, o‘zi nimalar qilib qo‘ydingiz?"

Oliy sud ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan holatga munosabat bildiribdi. 

G‘alati tomoni tanqidni tanqid emas, odob ahloq me’yorlaridan chetga chiqish va sud obro‘sini tushirishga urinish, deb ko‘rsatishga harakat qilingani. 

Nazarimizda bu bayonotni Oliy sud Axborot xizmati emas, boshqa shaxs tayyorlaganga o‘xshaydi. Mayli, bunisi muhimmas. 

Qiziq jihati, Oliy sud tomonidan taqdim etilgan munosabatda shunday deyiladi: Bo‘stonliqdagi nizolarni birinchi instansiyada Oliy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgani – sud qarorlariga nisbatan tomonlarning shikoyat berish huquqini cheklamaydi va bu press-tur jarayonida mas’ul shaxslar tomonidan alohida qayd etilgan.

Endi bir, o‘ylab ko‘ring: Oliy sud birinchi instansiyada ko‘rgan ishlar kimlar tomonidan qayta ko‘riladi? Kodeksni varaqlaylikchi, ana xolos Oliy sudning sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladiku! 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi - Oliy sud raisi o‘rinbosari, kuni kecha press turda ishtirok etib, sudga xos bo‘lmagan bayonoti bilan muhokamalarga sabab bo‘lgan X.Yodgorovning o‘zi. X.Yodgorov esa bu masalada o‘z xulosasini berib bo‘ldi ya’ni "snos" lar to‘g‘ri, odamlar o‘zboshimchalik qilishgan, demoqda. 

Endi sudning buzilsin, degan qaroridan norozi bo‘lib, o‘z nazarida adolat istab yuqori sud instansiyasiga borgan fuqaro dardini kimga aytadi? Albatta janob Yodgorovgada. U kishim esa boshdanoq juda "xolis". 

Shu sabab hozirgi holatda Oliy sud bayonotida o‘zini xolis tutib, shikoyat berish huquqini tushuntirishga urinishi va o‘zini oqlashi odamlarni ahmoq qilishdek gap. Chunki yuqori instansiya rahbari boshdanoq o‘z xulosasini OAV orqali berib bo‘ldi, shikoyat qilish foydasiz. Shaxsan men endi ularning xolisligiga ishonmayman. 

Biz sud obro‘sini hech bo‘lmasa saqlab qolish uchun aytayapmiz, bizdan "dushman" yasamang, shuni tushuning, o‘zi nimalar qilib qo‘ydingiz? 

Rasul Kusherbayev, huquqshunos, bloger

 

P/S/. Muallif fikri sayt nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Kiritildi: 11:11 07.07.2020. O'qildi: 8653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!