Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Rasmiy bayonot: “Qo‘qonda sirli o‘lim qotillari kimlar?..”

Rasmiy bayonot: “Qo‘qonda sirli o‘lim qotillari kimlar?..”

Farg‘ona viloyati prokuraturasi “Qo‘qonda sirli o‘lim qotillari kimlar...” sarlavhali maqola yuzasidan bayonot berdi. 

16.09.2019 yilda Qo‘qon shahar, Istiqlol ko‘chasi, 65-uyda yashagan F.Abdunazarovni yashash xonadonida to‘satdan vafot etganligi holati yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

 

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida marhum F.Abdunazarovning o‘limi tromboz kasalligi, o‘pka arteriya qon tomirlarini tromboemboliyasi oqibatida o‘tkir nafas va yurak qon tomir yetishmovchiligi oqibatida kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan.

 

Shuningdek, marhum F.Abdunazarov hayotlik vaqtida tromboz, o‘pka arteriyasini qon tomiri tromboemboliyasi bilan kasallanganligi, aynan shu kasallik uning o‘limiga bevosita sabab bo‘lganligi bayon etilgan.

 

Marhumdan olingan qon namunalari tarkibidan dori vositalari topilmagan.

 

R.Tursunov va R.Irgashevlar 15.09.2019 yilda o‘rtog‘i F.Abdunazarov bilan birga soat 20-00 larda ko‘rishib, birga pivo ichib o‘tirishganligi, F.Abdunazarov mast bo‘lib qolganligi sababli soat 23-00 larda R.Tursunov uni yashash xonadoniga olib borib tashlab kelganligi, F.Abdunazarov biror bir dori vositasi ist’emol qilmaganligini, ularning o‘rtasida biror bir janjal bo‘lmaganligini bildirishgan.

 

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, F.Abdunazarovning vafot etganligi holatida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli 15.10.2019 yilda jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etilgan hamda bu haqda marhumning yaqin qarindoshlariga ma’lum qilingan.

Avvalgi xabarda ma’lum bo‘lishicha, farg‘onalik jurnalist Bahodirxon Eliboyevga Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Istiqlol ko‘chasi 65-uyda yashovchi Zohidaxon Abdunazarova murojaat qilgan.

Qo‘qondagi festival yakunida, ya’ni 15 sentyabr kuni, Zohida opaning farzandi Abdunazarov Furqatjon o‘rtoqlari Tursunov Ravshan va Ergashev Ravshanlar bilan birga qaysidir xonadonga qandil o‘rnatib berish uchun chiqib ketganlar. Biroq o‘sha kuni kechasi Furqatjonni kimdir uyiga tashlab ketgan va uning yonidan telefoni va pullarini topolmagan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kechasi Furqatjonga kimdir 40 ta anaprilin tabletkasini ichirgan ekan, uyqusi kelayotganini, boshi aylanayotganini aytishga ulgurgan Furqatjon (1990 yil 26 aprelda tug‘ilgan) 16 sentyabrga o‘tar kechasi vafot etgani aytilgan. 

Kiritildi: 15:21 12.12.2019. O'qildi: 5234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!