Super yarimo‘rta vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan Qudratillo Abduqahhorovning navbatdagi jangi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 31 yoshli charm qo‘lqop ustamiz 15 dekabr tongida Meksikaning Tixuana shahrida tashkil etiladigan professional boks oqshomi doirasida ringga ko‘tariladi.
Abduqahhorovga o‘sha kuni meksikalik tajribali Xorxe Garsiya Peres raqiblik qiladi. Jang turnirning ikkinchi asosiy to‘qnashuvi (co main event) bo‘ladi.
Tixuanadagi boks oqshomining markaziy jangi meksikalik Xayme Mungiya va Fransiya vakili Bruno Syureys o‘rtasida kechadi.
Ma’lumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov (20-3-0) so‘nggi jangini may oyida gresiyalik Andreas Kasurakisga qarshi o‘tkazib, hakamlarning nozolis qarori bo‘yicha ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi. 27 yoshli Garsiya Peres faoliyati davomida 35 ta jang o‘tkazib, 31 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat qayd etgan.