Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Rasman! Endi qanday transportga maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi?

Rasman! Endi qanday transportga maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi?

Maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish huquqi berilgan avtotransport vositalari ro‘yxati ham tasdiqlandi.

Masalan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat mashinalari va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi.

Bunda mazkur tashkilotlarning xodimlari ushbu ko‘rsatilgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi. Ushbu xodimlar faqat ish joyiga yetib borish va uyga kelish maqsadida o‘z avtotransportidan foydalana oladi, ya’ni faqat xizmat yuzasidan harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi.

Xuddi shunday, mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi. Bundan ko‘zlangan maqsad, bozorlarga oziq-ovqat mashulotlarini erkin kirib kelishini ta’minlash va narxlarning asossiz oshib ketishini oldini olishdir.

Maxsus ruxsatnomani olish tartibi, shuningdek avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati OAV orqali e’lon qilindi. Ular bilan batafsil tanishib chiqishingiz, unda belgilangan cheklovlarga qat’iy amal qilishingiz so‘raladi.

Shu bilan birga bugungi kundagi ijtimoiy masofalashuvni saqlash (jamoat joylarida ham 1,5-2 metr masofani saqlash), ko‘chalarga muhim zaruriyat bo‘lmaganda chiqmaslikka chaqiramiz.

Avtotransportlar harakatining cheklanishi noqulayliklar tug‘dirishi tabiiy, shu bilan birga respublikada koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olishda hozirgi sharoitda bu eng zarur va maqbul yo‘ldir.

Kiritildi: 00:05 31.03.2020. O'qildi: 6684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!